Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kafolatlangan tibbiy xizmatlar olis mahallalarga yetib boradi
18:57 / 2022-12-22

Prezidentimiz o‘z Murojaatnomasida xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini aytdi. Buning uchun birinchi galda kafolatlangan davlat tibbiy sug‘urtasini amaliyotga joriy qilinishi muhim ahamiyatga ega.

Bu tajriba mamlakatimiz bo‘yicha ilk bor Sirdaryo viloyatida joriy qilingan bo‘lsa, kelgusi yildan boshlab bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham qo‘llaniladi.  

Joriy yil Toshkent viloyati bo‘yicha 116 ta tibbiyot punktini joylardagi mahallalarda tashkil qildik. Ularning ayrimlari maxsus konteynerlarda, boshqalari esa tuman-shahar hokimliklari mahalliy byudjetining 3,5 milliard so‘m mablag‘lari hisobidan ishga tushirildi. Bu orqali barcha zarur tibbiy jihozlar ham olindi. Kelgusi yil esa yana 72 ta mahallada barcha qulayliklarga ega tibbiyot punktini foydalanishga topshiramiz. Natija shunday bo‘ladiki, 2022-2023 yillarda eng olis va chekka hududlarda yashovchi 200 ming nafardan ziyod fuqarolarga ham tibbiy xizmatlar muntazam ko‘rsatiladi.  

To‘raqul Arziqulov,  

Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i.  

O‘zA