Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ tomonidan 42 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘landi
18:53 / 2020-12-22

Kompaniya joriy yil 7 ming 200 ta ariza bo‘yicha 42 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalarini to‘ladi. Bu o‘rta hisobda kuniga 27-28 ta sug‘urta qoplamalari amalga oshirilganligidan dalolat bermoqda. Sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirilib, 2 kundan 15 kungachani tashkil etmoqda.

Bu haqda "Kafolat sug‘urta kompaniyasi" AJ tomonidan aholiga taqdim etilgan sug‘urta xizmatlariga oid tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, kompaniya tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan 620 mingdan ortiq sug‘urta shartnomalari imzolangan. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha respublikadagi 30 dan ortiq sug‘urtalovchilar o‘rtasida kuchli beshtalikdan joy oldi.  

Jumladan, Sardoba suv ombori o‘pirilishi bilan bog‘liq hodisadan talafot ko‘rgan 43 mijozga kompaniya tomonidan 257 million so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi.

Buxoro viloyatida shu yilning 27 aprelida yuzaga kelgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik natijasida kompaniyaning zarar ko‘rgan ob’ektlar bo‘yicha javobgarligi 21,9 milliard so‘mni tashkil etib, ushbu holat bo‘yicha kompaniya tomonidan 31 ta zarar ko‘rgan ob’ektga 340 million so‘m miqdorida sug‘urta qoplamasi amalga oshirildi.

Shubxasiz, sug‘urta da’volari sonining oshishi aholining sug‘urtaga ishonchi ortayotgani hamda kompaniya tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta mahsulotlarining mijoz uchun qulayligidan dalolat beradi.

bugungi kunda mazkur sug‘urta kompaniyasi tomonidan aholi hamda tadbirkorlarga yuk, eksport, mol-mulk va garovga qo‘yilayotgan mol-mulk sug‘urtasi, lizingga olingan mulklarni, avtotransport vositalarini va garovga qo‘yilayotgan transport vositalarini, bahtsiz xodisalardan jamoaviy sug‘urta qilish, shuningdek, mol-mulk sug‘urtasi, aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish va avtosug‘urta kabi sug‘urta turlari taklif etilmoqda.  

Reytingning qayta tasdiqlanishi kompaniya uchun yangi mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro moliya institutlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari ko‘lamini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.

Matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan kelgusida kompaniya tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA