French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlar tanlashda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi
11:42 / 2022-08-06

Yangi O‘zbekiston bugungi kunda katta marralar sari dadil odimlamoqda. Har bir islohotlarni odamlar o‘z hayoti misolida sezishi, hayotdan rozi bo‘lishi yo‘lida jiddiy qadamlar tashlandi.

  "Inson qadri uchun” tamoyilini amalga oshirishda bugun har bir davlat fuqarolik xizmatida malakali, bilimli va salohiyatli kadrlarga ehtiyoj ham tobora ortib boryapti. Davlat xizmatchisi bo‘lish imtiyoz emas, balki mas’uliyat ekanligini barcha sohadagi rahbarlar his qilmoqda.

Kuni kecha Prezidentimiz raisligida  bo‘lib o‘tgan davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bu borada aniq vazifalar belgilab berildi.

Har bir sohadagi ochiqlik, shaffoflik aholining davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Uzoqqa bormaylik, yaqin-yaqinda ham ishga qabul qilishda tanish-bilishchilik, ortiqcha qog‘ozbozlik bor edi. Bugun esa bosqichma-bosqich bunga butunlay barham berilyapti. Nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati ochiq tanlov orqali aniqlanmoqda.

bugungi kunda viloyatda davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali orqali 4 ming 507 ta vakant lavozimlarga munosib nomzodlar ochiqlik asosida tanlab olindi. 

Yana bir muhim masala. Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning 1 noyabridan boshlab eskicha ob’ektivkadan voz kechilib ilg‘or IT texnologiyalari asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tish shartligi aytib o‘tildi. Bu tashabbus orqali endi xodimni qaysi oliygohda o‘qigani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim tajribaga ega ekanligi va ish faoliyatida ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Yangi ishlab chiqilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati ham xalqimizga davlat xizmati ko‘rsatishni sifat, shaffoflik va  ochiqlik jihatidan yangi pog‘onaga olib chiqadi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Saidfarrux Islomov,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Farg‘ona viloyati filiali rahbari.