Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlari bilan muloqot
14:41 / 2023-09-05

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov vazirlik va idoralar, hokimliklarning kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlari bilan muloqot qildi.

Onlayn tartibda tashkil etilgan uchrashuvda sohaga oid bir nechta masalalar tanqidiy-tahliliy ko‘rildi.  

Muloqot avvalida davlat boshqaruvini sifat jihatdan yanada yaxshilash, davlat xizmati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlash, ushbu hujjat negizida xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatish masalasi muhokama etildi.  

Sohaga oid qator masalalar yuzasidan mavjud holat batafsil tahlil etildi.  

hrm.argos.uz elektron platformasida xodimlarning ma’lumotlarini to‘liq kiritish, qisqa muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan ko‘rsatkichlar asosida vazirlik va idoralarning inson resurlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini baholash reytingini shakllantirish zarurligi qayd etildi.  

Davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi asosida joriy yilning 7 sentyabrdan boshlanadigan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘quvlarni sifatli tashkil etish, mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga yetkazish muhimligiga e’tibor qaratildi.  

Vazirlik va idoralarda davlat fuqarolik xizmatchilarining sifat tarkibini o‘rganish, vazirlik, idora va hokimliklardagi talabgor yo‘nalishlar uchun "El-yurt umidi" jamg‘armasi bilan hamkorlikda maqsadli kvota belgilash bo‘yicha fikrlar bildirildi.  

Har bir yo‘nalishdagi mavjud holat misollar yordamida tanqidiy-tahlil qilindi. Sohani rivojlantirishda, davlat xizmati jozibadorligini oshirishda kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari vakillarining o‘rni alohida ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.  

Qisqa muddat ichida yuqorida ko‘rsatilgan masalalar ijrosini sifatli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, samaradorligi yuqori bo‘lgan kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar rag‘batlantirilishi bildirildi.  

 

N.Usmonova,  

O‘zA