Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr xodimi 1000 dollar bilan ushlandi
19:22 / 2023-06-13

Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlardan birida davlat kadastr palatasi Samarqand shahar filiali kadastr muhandisi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. mahalliy fuqaroga Samarqand shahridagi 24-umumiy uyda joylashgan avtoturargoh hududidan kelgusida “omborxona” sifatida foydalanish uchun 22-umumiy uy hovlisiga qo‘shib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan kelishilgan 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA