Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr xizmatlari takomillashmoqda (+video)
17:23 / 2023-10-09

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish bo‘yicha samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yo‘ldoshevaning O‘zAga ma’lumot berishicha, hozirgi kunda kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish istagidagi talabgorlar tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun arizalar elektron tizim orqali, ya’ni, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Shundan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun 1 ming 316 nafar talabgordan murojaatlar kelib tushgan. Bugungi kunga qadar 127 nafar talabgor imtihonlarni ijobiy yakunlagan va ularga malaka shahodatnomasi topshirilgan.

Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/q754lTJzZik" title="Kadastr xizmatlari takomillashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA