French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr tizimi: yangi loyiha, sifatli xizmat va barqaror natijalar
15:46 / 2020-12-25

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining «Mening Uyim» axborot kompaniyasi hamkorligida “Kadastr tizimi – yangi loyihalar, sifatli xizmatlar va barqaror natijalar sari” mavzuida anjuman tashkil etildi.

Poytaxtimizdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir avvalida milliy geoaxborot tizimi portali hamda Kadastr agentligining yangi imiji taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, kadastr tizimidagi xalqaro tajriba va loyihalar samaradorligi, Sardobadagi talafotlar xaritasining yaratilish jarayoni, kadastr tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi, so‘nggi kunlarda Qashqadaryo viloyatida olib borilgan xatlov jarayoni natijalari kabi taqdimotlar ham namoyish etildi.  

Qayd etilganidek, Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalaridan biri davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanishni nazorat qilish hamda aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan milliy geografik axborot tizimi portalini joriy etish bo‘ldi.

Geoportal tizimi orqali xarita tuzishda inson omilini kamaytirish hamda yuqori aniqlikda ma’lumotlar olish uchun zamonaviy texnologiyalar, ya’ni masofadan zondlash, global navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar tizimlaridan foydalanib, mavjud ma’lumotlarga solishtirish orqali davlat kadastrlari yagona tizimi birlamchi ma’lumotlari tahlil qilish va prognozlash, eng asosiysi, davlat kadastrlari yagona tizimini avtomatlashtirish mumkin bo‘ladi.

2020 yil 17-24 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida olib borilgan xatlov natijalari ham tez orada geoportalda o‘z aksini topadi.

bugungi kun holatiga Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan jami 533 ming 569 ta bino-inshoot, 2 573,5 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari xatlovdan o‘tkazilib, barchasiga kadastr yig‘ma jildlari shakllantirildi.

Anjuman doirasida “Har bir soliq to‘lovchi uchun sifatli kadastr xizmatlari” mavzuida o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilinib, bloger va OAV xodimlari 6 nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.  

[gallery-588]

Shahnoza MAMATUROPOVA, O‘zA