Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasidagi yangiliklar muhokama qilindi
17:22 / 2024-07-26

Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi tomonidan Respublika aerogeodeziya markazining 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qayd etilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 21 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida 10 ta, jumladan, Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududlararo bo‘linmalarida 5 ta oliy ta’lim muassasalarining kafedra filiallari faoliyati tashkil etildi.  

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikda joriy yilning 6 oyi davomida 43 ming 700 kv.km maydonni aerosuratga olish belgilab berilgan. Joriy yil birinchi yarmida 45 ming 620 kv.km maydonda 104 foizga shundan, Buxoro viloyatida 31 ming kv.km, Jizzax viloyatida 10 ming 512 kv.km, Sirdaryo viloyatida 4 ming 108 kv.km maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi.  

[gallery-18446]

Aerosuratlardan birinchi navbatda davlat kadastrlarini yuritishda, respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda, yer resurslarining aniq hisobini yuritishda, davlat kadastrlari ma’lumotlarini shakllantirishda va muhandislik qidiruv ishlarida keng foydalanilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridan sel suvlarini olib chiqish uchun raqamli model yaratilmoqda.  

Shuningdek, 6 oy davomida aerosuratlar asosida Qashqadaryo viloyatida 24 ming kv.km, Andijon viloyatida 4 ming 300 kv.km, Navoiy viloyatida 4 ming kv.km va Farg‘ona viloyatida 3 ming 200 kv.km Namangan viloyatida 2 ming 800 kv.km jami 38 ming 300 kv.km maydonda raqamli ortofotoplanlar yaratildi.  

Yaratilgan ortofotoplanlar mudofaa maqsadlarida, favqulodda vaziyatlarni baholash, topografik va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi xaritalarni yaratish va yangilashda, hududlarning o‘zgarishini kartografik monitoringini yuritishda, Davlat kadastrlari ma’lumotlarini yangilash ishlari uchun kartografik asos hisoblanadi.  

Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev(surat), O‘zA