Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasida kadr tayyorlayotgan 10 ta oliygohdagi o‘qitish sifati zamondan orqada qolgani qayd etildi
18:58 / 2023-11-21

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Kadastr sohasida 9 mingdan ortiq mutaxassis ishlaydi. Lekin bugungi kunda sohaga kadr tayyorlayotgan 10 ta oliygohdagi o‘qitish sifati zamondan orqada qolgani qayd etildi.

Ularda fakultet va kafedralar tushunib-tushunmasdan ochilgani, o‘quv dasturlari va ta’lim metodikalari eskirgani aytildi.

Shu bois, 10 ta oliygoh rektorlariga Kadastr agentligi bilan birgalikda kelgusi yilda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish, yangi o‘quv adabiyotlari va xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelishga ko‘rsatma berildi.

 

O‘zA