Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasi korrupsiyadan xoli tizimga aylanadi
12:10 / 2024-03-06

Poytaxtimizda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan “Kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantiramiz” mavzuida ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Unda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.    

Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berildi.    

Qayd etilganidek, ijro intizomi, ochiqlik va halollik davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim mezonlardan hisoblanadi. Ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir davlat xizmatchisining jamoa va fuqarolar oldidagi hurmatini oshirishga xizmat qiladi.    

Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar.    

Gulnoza Boboyeva,O‘zA