Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr: nazoratga olish ishlari davom etmoqda
16:05 / 2025-08-11

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyat boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil etildi. Unda soha xodimlari ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan jami 10 ming 56 ta murojaat kelib tushgan. Ularni 4 ming 858 tasi qanoatlantirilgan, 4 ming 731 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan va 457 tasi o‘rganish jarayonida. 

– Tahlillarimizga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar Bo‘stonliq, Qibray, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq hujjatlar aylanmasi va murojaatlarni qabul qilish elektron tizimga o‘tganiga qaramay, murojaatlar bilan ishlashda va ular ijrosini ta’minlashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, murojaatlarning haligacha qog‘oz shaklda qabul qilinishi, asosiy murojaatlar yetarlicha o‘rganilmasdan huquqiy tushuntirish berish orqali yopilayotgani va muddatlarning qo‘pol ravishda buzilayotgani kabi holatlar uchramoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari Jasur Axrorov. 

Tadbirda Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Piskent, Toshkent tumanlari va Nurafshon, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlarida shu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Eng yaxshi ko‘rsatkich O‘rta Chirchiq tumanida qayd etilgan bo‘lib, 383 ta murojaatdan 296 tasi qanoatlantirilgan. 

Muloqot davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzmagan holda faoliyat olib borishlari lozimligi yuzasidan qat’iy ogohlantirildi. 

A.Musayev, O‘zA.