Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr mutasaddilari aholi bilan uchrashdi
10:35 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mashrapov boshchiligida mas’ullarning Bag‘dod tumani “Cho‘rrindi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 9 oyi davomida 72 682 ta ob’ekt xatlovdan o‘tkazilib, “Xatlov” axborot tizimiga kiritildi. Ulardan 49 820 ta ob’ekt “UzKAD” axborot tizimida faol holatga o‘tkazilgan. Shuningdek, 35 653 ta ko‘chmas mulk ob’ekti “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. Ularning 27 651 tasi muhokama jarayonida, 1 501 tasi esa to‘lov amalga oshirilib ijobiy hal etilgan.

Uchrashuv davomida yer va kadastr nazoratida jamoatchilik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish yoki ularda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ma’lumot berildi. 

[gallery-25797]

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tizimida yer va kadastr nazorati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot taqdim etildi. Jumladan, 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 6 932 ta holatda jami 339,15 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan qonunbuzar shaxslarga xatti-harakatlarni bartaraf etish haqida yozma ko‘rsatmalar yuborilib, natijada 5 727 ta holatda 275 gektar yer maydonida qonunbuzarliklar joyida bartaraf etilgan. 

Jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 96 ta holat bo‘yicha hujjatlar esa prokuratura organlariga qo‘shma tartibda taqdim etilgan.

Bag‘dod tumanida o‘tgan 9 oy davomida 410 holatda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan. Ularning 318 tasida yoki 36,01 gektar yer maydonida qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etilgan.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA