Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislarini malaka imtihonidan o‘tkazish uchun test savollari to‘plami e’lon qilindi.
Malaka imtihonini topshiruvchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lishi.
Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.
Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentabrdagi 535-son qarori 5v-ilovasi bilan "Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI" tasdiqlangan.
Savollarni ko‘chirib olish uchun havola – https://kadastr.uz/uz/kadastr-yo%60nalishi
O‘zA