Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr hujjatlari raqamlashtirilmoqda
15:45 / 2024-10-11

Kadastr faoliyati aynan arxiv hujjatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘iga muvofiq sohada joriy yil “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilingan edi. Buyruqqa muvofiq bugungi kunda 16 ta tuman (shahar) filiallarida hujjatlarning xatlovi yakunlanib, barcha hujjatlar raqamlashtirildi.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar raqamlashtirish ishlari olib borilayotgan 19 ta filialda ish yakunlanishi rejalashtirilgan. Yil boshidan shu kungacha filiallar tomonidan 475 418 ta ob’ektning kadastr yig‘majildlari xatlovdan o‘tkazilib, to‘liq raqamlashtirildi.

Bugungi kunda mazkur raqamlangan hujjatlar asosida fuqarolarga onlayn asosida kadastr xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.

Davlat kadastrlari palatasining “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi doirasida tanlab olingan 14 ta tuman (shahar) filiallaridan 9 tasida: Jondor, Muborak, To‘raqo‘rg‘on, Samarqand, Termiz, Mirzaobod, Quyichirchiq, Beshariq, hamda poytaxtning Yangihayot tuman filiallarida chora-tadbirlar rejasida belgilangan ishlar to‘liq bajarildi. Ushbu tanlab olingan idoraviy arxivlarning bugungi kunga qadar 9 tasi “Namunali idoraviy arxiv” loyihasi asosida qisqa muddat ichida har tomonlama zamon talablariga javob beruvchi arxiv jihozlari va texnikalar bilan ta’minlanib, foydalanishga topshirildi.

Loyiha doirasida qayta jihozlanayotgan idoraviy arxivlarning 8 tasiga zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Do‘stlik, Karmana, Shahrixon, Yangibozor tumanlari va Nukus shahar filiallari idoraviy arxivlarida ishlar to‘liq yakunlanishi arafasida. Joriy yil davomida 5 ta filial idoraviy arxivlari arxiv ishiga oid amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan qayta moslashtirildi. 1 ta filial idoraviy arxiviga qo‘shimcha xona qurilmoqda. Shu yil hisobiga “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari idoraviy arxivlarida kadastr yig‘majildlarini hisobga olish, saqlash va foydalanish” bo‘yicha malaka oshirish kurslarida barcha hududiy boshqarma va filiallarning arxiv ishi mutaxassislari qayta o‘qitilishi ta’minlandi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA