Kadastr filiali yangi binoda
FOTOREPORTAJ
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
[gallery-11123]
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A. Suyunov, tuman hokimligi vakillari hamda tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Zamonaviy ko‘rinishga ega binodagi xonalar zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar va zarur jihozlar bilan bilan ta’minlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA