Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligi xodimlari ishtirokida “Obod yurt” va “Toza kelajak” ekochellenji o‘tkazildi
19:01 / 2025-10-24

Toshkent shahrida ekologik muhitni yaxshilash, yashil makonlarni kengaytirish va toza muhit yaratish maqsadida Kadastr agentligi tizimi xodimlari ishtirokida “Obod yurt” hamda “Toza kelajak” ekologik chellenjlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.

Tadbir davomida 100 ga yaqin xodimlar jamoat joylarida tozalash ishlarini tashkil etib, chiqindilarni yig‘ishtirdi va maishiy axlatlarni maxsus joylarga topshirdi.

[gallery-25913]

Ekologik chellenjda Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi qator tashkilotlar — “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika аэро­geodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya va kadastr sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi” davlat muassasasi hamda “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi xodimlari ham faol qatnashdi.

– Ushbu ekochellenjlar nafaqat poytaxtda, balki respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda, – deydi Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov. – Har bir xodim o‘z hududlarini obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish va chiqindilarni tozalash ishlarida ishtirok etmoqda. Biz ushbu tashabbuslar orqali aholida ekologik madaniyatni shakllantirishni, har bir insonda tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish hissini kuchaytirishni niyat qilganmiz. Bunday tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib boriladi. Biz “Obod yurt” va “Toza kelajak” kabi aksiyalarni kengaytirib, yangi loyihalar bilan boyitishni rejalashtirganmiz. Asosiy maqsad faqat bir kunlik tozalik emas, balki barqaror ekologiyaga hissa qo‘shishdir.

Tadbir nafaqat poytaxtda, balki respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda.

Bunday tashabbuslar atrof-muhitni muhofaza qilishga, shaharlarni obod va toza saqlashga hamda aholida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Shahnoza Mamaturopova, Nosir Haydarov (surat), O‘zA