French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligi tizimida oila va xotin-qizlar masalalariga qanchalik e’tibor berilmoqda?
12:14 / 2022-09-29

Yer tuzuvchi, kadastr mutaxassisi, topograf, kartograf, deyilganda, ko‘z oldimizga zabardast yigitlar keladi, vaholanki, bugungi kunda bu soha mutaxassislari orasida 1318 nafar nozik xilqat sohibalari, ya’ni xotin-qizlar ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda bag‘rikeng, mehnatkash, zukko, fahm-farosatli, oqila, mehribon onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda. 

Tizimda faoliyat yuritayotgan 1318 nafar ayoldan 2 nafari olima, 25 nafari rahbar ayollardir. Umuman olganda, sohadagi jami xotin-qizlarning 32,6 foizi oliy ma’lumotli, 52,1 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli, 15,3 foizi o‘rta ma’lumotlilarni tashkil qiladi. 

2022 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 maydagi 109-son bayonining 10-bandi va Kadastr agentligining tegishli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash maqsadida Agentlikning markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari, Davlat kadastrlari palatasi va tizim tashkilotlarida jami 30 ta Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Kadastr agentligida xotin-qizlar masalasiga e’tibor qilinishi, shuningdek, gender tenglikni ta’minlash strategiyasi dasturiga aylanib bormoqda. Ayollarning ijtimoiy masalalarga ko‘proq yurakdan his qilib yondashishi, dilidan o‘tkazib qarorlar qabul qilishlarini agentlik kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi N.Sultanovaning 10 yildan buyon jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, fidokorona olib borayotgan ishlari yaqqol misol bo‘lishi mumkin.  

Kadastr agentligida xotin-qizlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida joriy yilning I yarim yilligida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, Agentlik va Kadastrlar palatasi hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlariga oliy va maxsus o‘quv yurtlarini tamomlagan xotin-qizlarni ishga qabul qilish choralari ko‘rildi hamda 11 nafar oliy ma’lumotli ayollar ishga qabul qilindi. 

Bundan tashqari, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish kurslarida 8 nafar ayol malaka oshirdi va sertifikatga ega bo‘ldi. 

Ayollarning o‘quv yutlarida ta’lim olayotgan talaba farzandlarining to‘lov kontraktlari ularning oylik maoshi hisobidan oldindan to‘lov tariqasida o‘tkazib berildi, oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan ayollarga to‘lov kontraktlari to‘lab berildi. Yordamga muhtoj ayollarga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda turmush qurish ostonasida turgan qizlarga nikoh to‘yi munosabati bilan moddiy rag‘batlantirish berildi. 

Shuningdek, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan «Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» shiori ostida sayohatlarni tashkil etib borish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastr palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat yurituvchi xodimlarini dam olish maskaniga yuborilishi tashkil qilindi. 

Sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga va barcha soha fidoyilariga ko‘rsatilayotgan e’tiborga Andijon viloyati boshqarmasida olib borilayotgan ishlarni ham misol qilsak arzidi. Oila – muqaddas dargoh, u shunday ilohiy mo‘’jizaviy maskanki, uning sha’ni, bizning sha’nimizdir. Oiladagi tarbiya ajdod – avlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishida va kamolotida katta rol o‘ynaydi.  

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, Kadastr tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xar bir ayol va qizlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.  

 

Salyaxan Botirova, Kadastr agentligi Oila va xotin-qizlar 

davlat qo‘mitasining Xotin-qizlar 

masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti rahbari