Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kabutarlar uchib ketgani uchun “aybdor” qo‘shnining mashinasi yoqib yuborildi
16:00 / 2022-07-25

Buxoroda qo‘shnisining mashinasini yoqib yuborgan shaxs 2 yil muddatga qamaldi.

Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro A.R. mahalladoshi, kabutar boquvchi fuqaro F.B. ga uyida kabutar saqlashga qiziqishi ortayotganini aytib, undan 13 dona kabutar keltirib berishini so‘raydi. Natijada ko‘p o‘tmay olib kelingan kabutarlarning ikki donasi yo‘qoladi. Fuqaro A.R. esa qo‘shnisidan yo‘qolgan kabutarlarni topib berishini talab qiladi. Shunda qo‘shnisi kabutar uchib ketgan bo‘lishi mumkinligi, evaziga bir dona o‘zining kabutarini berishini va ikkinchi kabutar uchib qaytib kelmasa, keyinroq yana bir dona kabutar berishini aytadi.

Biroq jahli chiqqan fuqaro A.R. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, uyida benzin sotuvchi fuqaro A. ismli tanishining oldiga borib, u bilan spirtli ichimlik ichadi. Natijada kechki payt uyiga qaytguncha tanishidan benzin olib, kabutar sotuvchi qo‘shnisi F.B.ning hovlisi oldida turgan Lacyettiga benzin sepib, yoqib yuboradi. Voqea joyidan qochib ketadi.

Dastlabki tergov-surishtiruv ishlari davomida fuqaro A.R.ning jabrlanuvchiga 86 million 397 ming 465 so‘mlik moddiy zarar yetkazgani aniqlanib, tegishli tartibda jarima belgilangan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi qo‘llanilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zarif Komilov, O‘zA