Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kabul universitetiga hujum uyushtirilishi oqibatida 20 kishi qurbon boʻldi
18:25 / 2020-11-02

Keyinroq Afgʻoniston IIV maxsus xizmat boʻlimi binoani tozalash amalyotini boshlab yuborgani, yuzlab odamlar binoni tark etishga muvaffaq boʻlgani haqida xabar berdi.


Yana 15 kishi jarohat olgan, deb xabar tarqatdi RIA novosti.

Ertalab otishma Afgʻoniston poytaxti Kabulda universitet yonida roʻy bergani aytilgan edi. Xabarda taʼkidlanishicha, voqea joyida kuchli portlash ovozi eshitilgan. Bir nechta qurolli shaxslar binoaga kirib olishga muvaffaq boʻlgan.

Mamlakat ichki ishlar vazirligidan xabar berilishicha, voqea joyiga maxsus xizmat boʻlimi yetib kelgan. Keyinroq Afgʻoniston IIV maxsus xizmat boʻlimi binoani tozalash amalyotini boshlab yuborgani, yuzlab odamlar binoni tark etishga muvaffaq boʻlgani haqida xabar berdi.

Bundan oldinroq Tolo News telekanali manbalarga tayangan holda otishma va portlash Afgʻoniston va Eron vakillari universitetda kitob koʻrgazmasini ochayotgan vaqtda uyushtirilganini taʼkidlagan edi.

1TV telekanalining xabar berishicha, “Tolibon” harakati ushbu terrorchilikka aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan.