Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kabuki kimonolari Oksford muzeyida
12:29 / 2023-11-12

Oksforddagi muzeyda 400 yildan ziyod tarixga ega an’anaviy yapon ijrochilik san’ati – Kabuki liboslarining noyob namoyishi noyabr oyi oxirida boshlanib, ikki yil davom etadi, deb yozdi “Kyodo news” nashri.

Kabuki – yapon teatrining dramatik ijro va an’anaviy raqsni birlashtirgan mumtoz shakli. Bu san’at jozibali ijro, chiroyli bezatilgan libos, quyuq  pardoz uyg‘unligi orqali yorqin va rang-barang qahramonlarning shaxsiyati va kayfiyatini yetkazishga yordam beradi.

Oksford universiteti Eshmola muzeyi kuratori aytishicha, Britaniyadagi Kabuki libosiga bag‘ishlangan birinchi eksponat – jami 13 kimono va “obi” belbog‘i kun chiqar davlatning g‘aroyib san’atidan so‘zlaydi.

Ushbu ko‘rgazma ishtirokchisi – tirik milliy xazina, “ayol” rolining eng yaxshi ijrochisi, aktyor Tamasaburo matbuot anjumanida ko‘rgazmaga kelganlarni, shunchaki, “ko‘rkam Kabuki kostyumlaridan bahramand bo‘lishga” chaqirdi.

Mohir ijrosi tufayli London, Parij, Nyu-York, Pekinda konsert bergan, Fransiyaning eng yuqori madaniyat mukofotiga sazovor bo‘lgan Tamasaburo liboslarni sahnadan tashqarida ko‘rishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi. 73 yoshli aktyor Kabuki kiyimidagi mayda detallarga ham e’tibor qaratadi, ba’zan kashtado‘zlik bilan ham shug‘ullanadi.

Muzeyning Sharq madaniyati bo‘limi yapon san’ati kuratori Kler Pollard hozir “Kabuki madaniyatini tanishtirish uchun ayni vaqt” ekanini qayd etdi.

Ko‘rgazmada Yaponiyaga tegishli 9 000 buyum mavjud muzey, yapon rassomining kabuki dramalaridagi asosiy sahna va lahzalari trafareti ham namoyish etiladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA