Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kabel zavodi faoliyati o‘rganildi
10:53 / 2025-12-04

Ayni kunlarda poytaxtimiz atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlarda ko‘plab tashkilot va idoralar, jamoatchilik vakillari, fuqarolar, mahallalar faollari ishtirok etmoqda.

Shu jumladan, xalq vakillari ham bir qator ob’ektlarda bo‘lib, ekologik talablarning bajarilishi holati ustidan deputatlik nazoratini olib borishmoqda.  

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Litvinova poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan “ProCab” kabel zavodi faoliyati bilan tanishdi.  

Qo‘shma korxona direktori A.Kamiljonov ishchi guruh a’zolariga kabel-yumaloq mahsulotlarining ishlab chiqarilishi, qadoqlanishi va keyingi transportirovka texnologiyalari bo‘yicha to‘liq axborot taqdim etdi. Shuningdek, ekologiya masalasiga oid savollarga atroflicha javob berdi.

Ishchi guruh tomonidan korxonada ekologik talablarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tozalash inshootlarining holati, filtrlash tizimlari, chiqindilarni boshqarish tartibi hamda ichki ekologik nazoratning yuritilishi ko‘zdan kechirildi.  

O‘rganishlar davomida tozalash inshootlarining barqaror ishlayotgani, chiqindilarni tozalash jarayonlarining avtomatlashtirilgani va nazorat o‘lchovlari muntazam olib borilayotgani kuzatildi.  

Korxona mutasaddilariga ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish va energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

M.Komilova,

O‘zA