Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kabel o‘g‘risi ushlandi
11:00 / 2023-03-29

Buxoro viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Buxoro xalqaro aeroportida “Parvozlarni elektr yoritish va texnik ta’minlash” (ESTOP) xizmati boshlig‘i lavozimida ishlovchi fuqaro Sh.Sh. o‘ziga ishonib topshirilgan va uning moddiy javobgarligida bo‘lgan Buxoro xalqaro aeroportiga tegishli “APVPU 1x120” markali 400 metr uzunlikdagi 32 million so‘mlik kabellarni joriy yilning 9 yanvar kuni aeroport hududidan qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganligi aniqlangan.    

Shu kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Vardonze” qishlog‘ida yashovchi, “Isomov Olimjon” YATT rahbari fuqaro I.M. ga jami 24 million so‘mga sotganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu kabellar fuqaro I.M. ga tegishli Buxoro shahridagi X.T.Buxoriy ko‘chasida joylashgan “Uzkabel” savdo do‘konidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Shga nisbatan O‘zR JKning 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.    

 

Zarif Komilov, O‘zA