Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ka’ba atrofidagi marmar nega isimaydi?
10:11 / 2022-08-04

Makkadagi Al-Harom masjidiga tashrif buyurgan kishi harorat 50 daraja issiq bo‘lishiga qaramasdan, masjid sahni doim sovuq turishidan hayratga tushadi. Buning siri nimada ekan?

Saudiya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Qirollik nur va issiqlikni qaytarish maqsadida Al-Harom masjidi uchun maxsus ishlatiladigan mashhur yunon "Tassos" marmarini o‘nlab yillar davomida import qilib keladi.

Kamdan-kam uchraydigan bu xildagi tosh Gretsiyadagi bir tog‘dan keltiriladi. Baytulloh marmari, garchi, yozda harorat Selsiy mezoni bo‘yicha 50 darajaga yetsa-da, sovuq holda saqlanadi.

Ma’lumotga ko‘ra, bunday jism Gretsiya shimolidagi Tassos orolida qazib olinadi. Ushbu maydonning hajmi 380 kvadrat/metrdan oshmaydi.

Qalinligi 5 santimetrga yetadigan, eng toza va qattiq tabiiy tosh hisoblanadigan bu marmar billurdek oq rangi bilan ajralib turadi. Tunda juda kichik teshiklari orqali havodan nam yutadi, kunduzi esa shu namlikni taratib turadi.

Islam.ru xabarida aytilishircha, Qirollik marmarni ulkan tosh shaklida import qiladi. Keyin mahsulot malakali mutaxassislar nazorati ostida xususiy fabrikada qayta ishlanadi.

O‘zA