Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar yo‘lsozlik ishlari bilan yaqindan tanishdi
12:32 / 2023-10-07

Farg‘onada Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddi vakillari, viloyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat muassasalari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastlab press-tur ishtirokchilari viloyatning Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 2023 yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan 4r-148 “4r 115 avtoyo‘li – Yangiqadam – Uchuy – Oltiariq – Chimyon – Vodil qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 41-46 kilometr qismini qayta qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlanganidek, viloyatda jami 19941,5 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 4022 kilometrni, ichki xo‘jalik yo‘llari, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko‘chalari 15919,5 kilometrni tashkil etadi. Ushbu yo‘llarning 290,4 kilometr qismi sementbeton qoplamali, 10639,6 kilometr qismi asfaltbeton qoplamali, 7475,4 kilometr qismi esa shag‘alli yo‘llar hamda 1007,5 qismi tuproq yo‘llarni tashkil etadi.

[gallery-13895]

Press-tur davomida viloyatda turli toifadagi yo‘llarning sifati yildan-yilga yaxshilanib borilayotgani xususida so‘z yuritildi. Xususan, joriy yilning o‘zida 2104,3 kilometr masofadagi avtomobil yo‘llarida 969,3 milliard so‘mlik rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar, 894,6 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash, montaj ishlari bajarildi.

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar