Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi
14:40 / 2025-06-19

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Bektemir kichik sanoat zonasi, "Yangihayot” industrial texnoparki hamda “Yangi Avlod” maxsus iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Ushbu manzillar Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan muhim loyihalar hisoblanadi.

Bektemir kichik sanoat zonasi 5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unda kichik biznes sub’ektlari faoliyat olib bormoqda. Hududdagi korxonalar eksport, mahalliylashtirish va energiya tejamkorligi yo‘nalishlarida bo‘lib, umumiy yillik ishlab chiqarish hajmi 4,5 trillion so‘mga yetmoqda.  

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari ikkita innovatsion korxona — "Parlak Ambalaj” MCHJ va “Energo Systema NVA” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.  

"Parlak Ambalaj” MCHJ qadoqlash sanoatida ilg‘or texnologiyalarni joriy etuvchi yetakchi korxonalardan biri. Jurnalistlar korxonani o‘rganish davomida uning zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan qadoqlash mahsulotlari bilan tanishdilar. Korxonada ekologik toza materiallardan foydalanish va energiya tejovchi mexanizmlar joriy etilgani ishtirokchilar e’tiborini tortdi.

Press-tur davomida ishtirokchilar "Energo Systema NVA" MCHJning elektr jihozlari va energiya ta’minoti tizimlarini ishlab chiqarish jarayonini ham o‘rgandi. Korxona energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratib, mahalliy va xalqaro buyurtmachilar uchun sifatli yechimlar taklif etmoqda.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA