French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar uyushmasi hamkorlari safi kengaymoqda
22:17 / 2020-11-26

Bugun, 26 noyabr – Xalqaro axborot kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiya markazi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Unda so‘z olgan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan sammitida bir qator takliflarni ilgari surganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, u O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardagi jurnalistlar bilan ishlovchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, xususan, Umumxitoy jurnalistlar assotsiatsiyasi, Rossiya jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangani, tashkilotga a’zo boshqa davlatlar jurnalistlar uyushmalari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish ustida ish olib borilayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, SHHT a’zo davlatlar jurnalistlari ishtirokida Toshkentda xalqaro forum o‘tkazish rejasi ham borligini bildirdi. 

Davra suhbatida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi  SHHTning xalq diplomatiya markazi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. Tadbirda hamkorlikda SHHT a’zo – sakkizta – O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarining jurnalistika sohasi rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan kitob nashr etish taklifi o‘rtaga tashlandi. 

     O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi axborot xizmati