Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar Toshkent tumanida
11:55 / 2023-08-31

OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda tuman hokimi Odilxon Rustamov tashabbusi bilan chop etilgan yangi “Xoja Ahmad Yassaviy” kitobining taqdimoti bo‘ldi.

Taqdimotda XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan birinchi tasavvufi tarixiy asos Xoja Ahmad Yassaviy va Qozog‘iston Respublikasida maqbarasi, Toshkent tumanida 223 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida hujjatli film namoyish qilindi. So‘ngi paytlar aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda hudud markazida zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar soni ortmoqda. Shulardan biri Keles yo‘li ko‘chasidagi yangi binolardir.  

Jurnalistlar yangi uyga ko‘chib kelgan xonadon egalari bilan suhbatlashdi. Ishtirokchilarning navbatdagi manzili tumanda tibbiyot birlashmasiga qarashli, bir vaqtning o‘zida 110 nafar tug‘uruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko‘rsatadigan tumanlararo perinatal markaz bo‘ldi. Bu markazning barpo etilishi hududlarda onalar va chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga, ona va bola o‘limini oldini olishga xizmat qilmoqda.  

[gallery-13368]

Muassasa Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlari aholisiga, jumladan, yuqori xavfli perinatal asoratlari bo‘lgan homilador ayollar hamda yangi dunyoga kelgan chaqaloqlar uchun yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun markazdagi 35 nafar shifokorlarning barchasini Respublika muassasalarida alohida tashkil etilgan o‘quv kurslarida tibbiy malakalari oshirildi. Tug‘uruq kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 18 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarf etilib, markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar bilan to‘liq jihozlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi mablag‘lari hisobidan 2,1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.  

Press-tur ishtirokchilari tuman markazidagi sayilgohda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashdi. Shodiyona munosabati bilan bu yerda turli hunarmandchilik va ijodiy ishlanmalar ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etildi. San’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.  

A.Musayev,  

D.Ernazarov, (surat) O‘zA.