French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar mehnati yuqori baholandi
18:17 / 2025-06-28

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, bayram munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

[gallery-24087]

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillari yurtimizda hurmatli Prezidentimizning rahbarligida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, soha fidoyilarini munosib taqdirlash, xalqimizga xolis va ishonchli axborotni yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.   Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarni, ayniqsa, «Inson qadri uchun» g‘oyasi ostida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz hayotida uchrayotgan kamchilik va muammolarni o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish yo‘lida soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ijodiy mehnat yuqori baholandi.

Ijodkorlarning kasb bayrami munosabati bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi xodimlariga «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni, «Vatan fidoyisi», «Umid uchquni» ko‘krak nishonlari, o‘zlarining yubiley sanalarini nishonlayotgan gazeta-jurnallar tahririyatlariga kompyuterlar, bir guruh soha xodimlari va blogerlarga Faxriy yorliqlar bilan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bayram tadbiri madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA muxbirlari