Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar korxona faoliyati bilan tanishishdi
21:10 / 2025-11-27

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Nukus Lak-Buyoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdi.

2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda 35 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Mamlakatimizda sanoat qurilishi sohasini rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan yosh tadbirkor  Xojiakbar Habibullayevning bevosita rahbarligida 2019 yilda korxonada “ISO 9001” xalqaro sifat standartlari joriy etildi. 2019 yilda “Tashabbus” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2024 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan “Umid uchquni”, joriy yilda esa 20 avgust “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

[gallery-26451]

Korxonada asosan lok-bo‘yoq mahsulotlari, fasad va interer uchun rangli qoplamalar hamda suvga chidamli, ekologik toza qo‘shimcha materiallar ishlab chiqariladi. Jumladan, 2022 yilda 2,5 milliard so‘mlik 250 tonna, 2023 yilda 2 milliard 271 million so‘mlik  227,1 tonna, o‘tgan yilda esa 3 milliard 204 million so‘mlik 320,4 tonna mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu mahsulotlar mahalliy bozorda va ishonchli sifatli brend sifatida tanilgan. Tayyor mahsulotlarni eksport qilishda esa Qozog‘iston Respublikasi Aqtau shahri tadbirkorlari bilan shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida jurnalistlar korxonaning  xomashyo qabul qilishdan tortib, tayyor mahsulotni qoplash va yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarini ham yaqindan ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, ishlab chiqarishda joriy etilgan zamonaviy texnika va ekologik xavfsiz standartlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha ma’lumot olishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan mahalliy tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev, O‘zA muxbirlari