Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
19:05 / 2023-08-28

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida bir guruh hamkor tashkilotlar O‘zbekiston notariat tizimida ta’sis etilgan “Notariat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xususan, bugun bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov Notarial palataning qisqa muddatlarda shiddat bilan eng zamonaviy notariat tizimlari qatoridan joy olishida Palata faoliyatining shaffof ekanligi, Ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatilganligining katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari – elektron va bosma OAVlar vakillari O‘zbekiston Notarial palatasining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Mukofotlanganlar qatorida Notarial palataning yaqin hamkorlari – O‘zbekiston Axborot agentligi (UzA.uz), Xalq so‘zi (xs.uz), “Yangi O‘zbekiston” sayti (yuz.uz),  Hudud24.uz, “O‘zbekiston24”, “Yoshlar”, “Toshkent” telekanallari va “O‘zbekiston24” radiosi vakillari bor.

O‘zA