French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi (+video)
18:17 / 2026-02-03

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Kadastr agentligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

2025 yil davomida viloyat hududidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Davlat kadastrlar palatasi tomonidan jami 7 417 ta, ya’ni 926,1 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritilgan. Shuning 2 082 tasi, ya’ni 434,2 gektari auksion savdolariga chiqarilgan. “YERXUSUSIYLASHTIRISH” tizimi orqali esa jami 6 544 ta murojaat kelib tushgan, shuning 2 917 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 3 623 tasi rad etilgan, 4 ta murojaat hali ko‘rib chiqilmoqda.

[gallery-27458]

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Kadastr Agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin O‘rozov va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sobir Shaymardonov yer uchastkalarini sotib olish, ijaraga olish va elektron onlayn auksion orqali ro‘yxatdan o‘tish tartiblari haqida batafsil tushuntirdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/X4rYDpACRcI" title="Yorqin kelajak sari ildam qadamlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA