English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar issiqxona faoliyati bilan tanishishdi (+video)
16:27 / 2025-12-12

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini Taxiatosh tumanining "Naymanko‘l" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Nukus Universal Baza” mas’uliyati cheklangan jamiyati issiqxonasi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Mazkur issiqxona 2018 yilda Koreya Respublikasidan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, hozir bir gektar maydonda Yaponiyaning dunyoga mashhur Sakata firmasining “Betis F1” navli pomidori yetishtirilmoqda. Korxonada 3 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Mavsumiy ishlar davrida esa 20-25 nafar ishchi bandligi ta’minlanadi.

Press-tur davomida jurnalistlar “Nukus Universal Baza” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Taxiatosh tumani bo‘limi hamda “Nukus Universal Baza” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida pomidor va boshqa issiqxonada yetishtiriladigan poliz ekinlari navlariga bag‘ishlangan seminarda ham ishtirok etishdi.  

Tumandagi barcha issiqxonalar vakillari ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining joriy yil 5 oktyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ushbu farmonda belgilangan imtiyozlar, issiqxonalarda ekiladigan navlar va ularning agrotexnikasi hamda afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

[gallery-26666]

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Taxiatosh tumanida jami 26 gektar maydonda 7 ta issiqxona issiqxona mavjud. Shundan hozirgi kunda 6 tasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ushbu issiqxonalar qish mavsumida tuman aholisini arzon va sifatli pomidor, bodring va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlab kelmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar issiqxona xo‘jaliklarida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirish va fermerlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

<iframe width="914" height="523" src="https://www.youtube.com/embed/m4IRhBM_CKE" title="Jurnalistlar issiqxona faoliyati bilan tanishishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video), O‘zA