Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi
16:56 / 2022-01-26

Andijonda investorlar tomonidan belgilangan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun 19 shartnoma bekor qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi. 

Press-tur ishtirokchilari dastlab “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Koronada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.  

– Ayni kunda viloyatda davlat ishtirokidagi 91 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Izzatullo Asqarov. – Shundan 7 tasi aksiyadorlik jamiyati, 52 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyati, 32 tasi esa davlat unitar korxonasidir. Ushbu korxonalar bilan amaldagi qonunlar va tartiblar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Shuningdek tadbirda viloyatdagi davlat ulushi bo‘lgan 4 ta aksiyadorlik jamiyatida koorporativ boshqaruv tizimi joriy etilganligi qayd etildi. 2021 yilda 65 ta davlat aktivlari “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga chiqarildi. Shundan 42 ta davlat aktivi 55,9 milliard so‘mga sotilgan. Boshlang‘ich qiymati 21,2 milliard so‘m bo‘lgan 14 davlat aktivlarining savdosi davom ettirilmoqda. O‘tgan yili 73 ta shartnoma doirasida 182,4 milliard so‘m va 23,9 million dollar miqdordagi investitsiya majburiyatlari kiritilishi va 2 ming 703 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan edi. Olib borilgan ishlar natijasida 70 ta shartnoma doirasida 203 milliard 589 million so‘m va 20 millilon 122 ming dollar miqdordagi investitsiya majburiyatlari bajarilib, 2 ming 621 ta ish o‘rni yaratildi, 3 ta shartnoma bo‘yicha qayd etilgan investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati hududiy tanlov komissiyalarning qarorlari bilan uzaytirildi. 

[gallery-5562]

Yil davomida 8,3 milliard so‘m va 61,9 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritish hamda 1 ming 942 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha  shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlar investorlar tomonidan bajarilmaganligi  sababli 19 ta shartnoma tegishli sud qarorlariga asosan bekor qilingan. Matbuot anjumanida koorporativ boshqaruv tizimi joriy etilgan “Andijon biokimyo zavodi” korxonasi faoliyati bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, korxonada 2021 yilda 181,7 milliard so‘mlik mahsulot, shuningdek, ikkilamchi – efir aldegid fraksiyasi, sivush yog‘i, uglekislota gazi hamda barda (atala, hayvonlar uchun ozuqa) mahsulotlar ishlab chiqarilgan.  

Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan, 2019 yildan jamiyatda koorporativ boshqaruv tizimi joriy etilgan. Natijada jamiyatda ishlab chiqarish xajmi, shuningdek, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ortgan.  

  Shundan so‘ng press-tur qatnashchilari Andijon tumanidagi “Med siti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi, jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish samaralari, buning natijasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Press-tur hamda matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil  javob oldi.  

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (surat), 
O‘zA