Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi
15:01 / 2023-10-30

Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari Anvar Abdullayev ishtirokida boshqarmaning 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda jurnalistlar uchun press-tur bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini ish bilan ta’minlash, mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqarmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Ma’lumki, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida joylarda “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etilgan.

[gallery-14283]

Farg‘ona shahridagi band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkazda 26 ta kasb va chet tillarga o‘qitish orqali mahalliy va xorijiy ish beruvchilarning talablariga mos ravishda malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

Press-tur ishtirokchilari ushbu monomarkaz hamda Quva tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, maskandagi o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik baza va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. 

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar