Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar harbiylar huzurida
18:29 / 2023-08-04

Andijon shahridagi harbiy qismda “Mustaqillik – buyuk ne’mat” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” shiori ostida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, jurnalistlar, faxriylar, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.  

Tadbirda mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, askarlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish xususida so‘z yuritildi. Ayniqsa, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi, o‘tgan o‘ttiz ikki yil davomida erishilgan yutuqlar, xususan, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatining yuksalib borayotganligi alohida ta’kidlandi.  

[gallery-13026]

– Mustaqillikning qadriga yetish, uni asrab-avaylash har bir yurtdoshimizning burchi, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist To‘lqinjon Siddiqov. – Ayniqsa, harbiylarimiz Vatan himoyasi, yurt tinchligi yo‘lida hamisha sobit turadi. Ular bor ekan, hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffodir.  

Shuningdek, tadbirda harbiylar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularning harbiy burchni yuksak darajada ado etishlariga ruhlantirishda ijod ahlining o‘rni va roli muhim ekanligi alohida qayd etildi. Shu ma’noda askarlarning ijod ahli bilan uchrashuvi ularga katta ma’naviy ozuqa berish bilan birga, qalblarida ezgulik, burchga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Jurnalistlar harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA