Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar harbiylar hayoti bilan tanishdi
12:07 / 2026-01-20

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida joylashgan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.  

Dastlab anjumanda Prezidentimiz tomonidan muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratib berilayotgan yangi imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.  

[gallery-27199]

Ishtirokchilar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yotoqxona, ma’naviyat markazi, ovqatlanish joyi, o‘quv hamda dam olish xonalarida tashkil etilgan barcha qulayliklar ko‘zdan kechirildi.  

Buxoro garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, qo‘l jangi elementlari namoyishi, harbiy anjom va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.  

Ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil  javob oldi.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA