Surxondaryo viloyatidagi Termiz harbiy gospitalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Unda jurnalistlar muassasaning zamonaviy imkoniyatlari, ilg‘or tibbiy uskunalari hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur gospital davlatimiz rahbarining Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish va harbiy tibbiyot tizimini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida barpo etilgan. 200 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan bir qatorda aholiga ham yuqori malakali, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Gospital faoliyati faqat harbiylar bilan cheklanib qolmagani uning muhim jihatlaridan biridir. Bugun viloyat aholisi ham zamonaviy diagnostik tekshiruvlar, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu esa tibbiy xizmat sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimi qamrovini kengaytirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.
[gallery-27660]
Press-tur davomida qayd etilganidek, muassasada jahonning 70 dan ortiq so‘nggi rusumdagi tibbiyot uskunalari o‘rnatilgan. Raqamli texnologiyalar markaziy harbiy tibbiyot muassasalari bilan yagona axborot tizimi orqali integratsiya qilingan. Bu murakkab operatsiyalarni masofadan turib nazorat qilish va yetakchi mutaxassislar maslahatini olish imkonini yaratadi.
Tadbir yakunida jurnalistlar mutaxassislar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_fiibVuWWLc" title="Jurnalistlar harbiy gospital faoliyati bilan tanishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA