Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar davlat xizmatlari agentligi faoliyati bilan tanishdi
10:51 / 2020-12-25

Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Shirinda yangidan barpo etilgan shahar davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limiga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “media-tur” tashkil etildi.

DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar sho‘’basi rahbari Dilfuza Jarbekovaning ta’kidlashicha, markaz eng zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan jihozlangan, internetga ulanish uchun bepul WiFi o‘rnatilgan. Elektron navbat tizimi, infokioskning ishlab turganligi ko‘rsatilayotgan xizmatlarda shaffoflik mezonini ta’minlamoqda. Yaratilgan ushbu qulayliklar “media-tur” ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

– Markaz tomonidan tuman aholisiga 148 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda, – deydi Shirin shahar davlat xizmatlari markazi direktori Elbek To‘raqulov. – Bu yerda murojaatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Markazimizga kelganlarning farzandlari uchun o‘yin maydonchasi, tibbiyot xonasi, odatiy davlat xizmatlaridan tashqari tuman fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limi, tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi, xalq qabulxonasi bolalar maydonchasi, nikohlanuvchilar uchun tantanalar zali joylashgan.

Jurnalistlar markazga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va xodimlarning muomala madaniyati bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi. Ayniqsa, ish jarayonidan olingan intervyular qiziqarli kechdi.

Media tur doirasida Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Artikov ishtirokida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi.

– Viloyatimizda barcha tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida 143 ta davlat xizmatlari bo‘yicha markazlar orqali jismoniy va yuridik shasxlarga jami 210 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi, – deydi davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Artikov. – Jami 8 ming 541 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu esa ko‘rsatkichlarimiz yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda FHDYO idoralari agentlik tasarrufida ish boshladi. Ayni kunda FHDYO bo‘limlari tomonidan viloyat bo‘yicha 19 ming 449 ta tug‘ilish qayd etilgan, 7 ming 889 ta nikoh, 986 ta ajrim, 4 ming 472 ta o‘lim holatlari qayd etilgan. Shuningdek, FHDYO bo‘limlari tomonidan 470 ta dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritish harakatlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, jami 267 ta “Minsk konvensiyasi” bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Pandemiya davrida ham FHDYO idoralari kechiktirib bo‘lmaydigan, ya’ni o‘lim, tug‘ilish holatlarini qayd etishda sayyor tartibda ham aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ayni kunda, FHDYO bo‘limlari arxividagi dalolatnoma yozuvlarini qog‘oz shaklidan elektron ko‘rinishga keltirish maqsadida haq evaziga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma asosida 63 nafar fuqaro ishga taklif etildi. Shu kungacha viloyat FHDYO arxivlaridagi mavjud 1 million 546 ming 187 ta dalolatnoma yozuvlarini to‘liq raqamlashtirishga erishildi.

Ayniqsa, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, yashash manzilidan qat’iy nazar istalgan hududda joylangan markazda davlat xizmatlaridan foydalanishga oid ma’lumotlar jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV(surat), O‘zA