Sanobar Bazarbayevna DJUMANOVA Dotsent Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston marifat.88@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek jurnalistikasida sun’iy intellektning qo‘llanilishi jurnalistning ishini osonlashtirish barobarida dezinformatsiyani kuchaytirish omiliga aylangani ko‘rsatib berilgan. 124 nafar jurnalist va media sohasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida sun’iy intellekt bugungi kunda o‘zbek jurnalistlarining kasbiy faoliyatida qanday potensial o‘zgarishlar yasagani, soha xodimlarining sun’iy intellektni qo‘llash bilan bog‘liq mediasavodxonlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. So‘rovnoma natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarda sun’iy intellekt davrida o‘zbekistonlik jurnalistlarning jurnalistik ijod jarayonidagi kasbiy halolligi, sun’iy intellekt bilan ishlashda dezinformatsiya xavfini anglash darajasi, neyrotarmoqlarning media sohasi vakillari faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi.
Tayanch so‘zlar: Sun’iy intellekt, dipfeyk, dezinformatsiya, sintetik kontent, sun’iy jurnalistika, neyrotarmoqlar, sun’iy intellekt savodxonligi, post-raqamli tanqidiy media savodxonlik.