FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan viloyatdagi jurnalistlar uchun Navoiy shahridagi Prezident maktabiga press-tur tashkil etildi.
Dastlab maktabda maktab ijrochi direktori Dilyara Tuxfatullina ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etilib, ishtirokchilarga ta’lim muassasasidagi o‘quv tizimi hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
- Maktabda o‘quv jarayoni Cambridge Assessment ta’lim tashkilotining dasturi asosida olib boriladi, - deydi maktab ijrochi direktori Dilyara Tuxfatullina. - Mahalliy o‘qituvchilar bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan ham yuqori malakali o‘qituvchilar taklif etilgan. Prezident maktabiga 2021-2022 o‘quv yilida o‘qish istagini bildirib ko‘plab talabgorlar hujjat topshirdi. Ikki bosqichli sinovda ulardan 144 nafari saralab olindi. Maktabning o‘ziga xos tomoni shundaki, nazariya bilan amaliyot uyg‘un ravishda olib boriladi. Bu esa o‘quvchilarining ko‘nikmalari va intellektini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Press-tur jurnalist va blogerlar uchun alohida taassurot qoldirdi.
[gallery-6066]
Siroj ASLONOV (surat),O‘zA