Namanganda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunimunosabati bilan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Media liga” turniri bo‘lib o‘tdi.
Viloyat sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi yashil maydonlarida tashkiletilgan mazkur an’anaviy musobaqada “Namangan” teleradiokanali, “Namangan haqiqati” gazetasi tahririyati, matbaa va nashriyotlar, shahar, tuman hokimliklari,boshqarma va tashkilotlar axborot xizmatlar xodimlari hamda ijtimoiy tarmoqlar faollaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

– Musobaqa sohaga endigina kirib kelgan yoshlardan tortib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylarini ham o‘zigarom qildi. Har bir inson o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi, sog‘lom turmush tarziga rioya etishi zarur. Ammo, biz ijod ahlida hadeb ham bunga imkoniyat, shart-sharoit va vaqtbo‘lavermaydi, – deydi “Pravda vostoka” respublika gazetasining keksa jurnalisti Oybek Ortiqov. – Ommaviy axborotvositalari xodimlari uchun tashkil etilgan ushbu musobaqa bu borada ayni muddao bo‘ldi. Biz musobaqa davomida natija uchun emas, balki o‘z salomatligimizni mustahkamlash, hamkasblarimiz,ayniqsa, yosh kadrlar bilan do‘stlik-birdamlikni o‘rnatishga e’tibor qaratdik. O‘ylaymanki, bunday musobaqalarkelgusida yana davom etadi.

Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida Kosonsoy tumanidagi “Zakovat” nashriyot uyining “Interfutbol” jamoasi axborot xizmatlarivakillaridan saralangan “Media yunayted” jamoasini yirik – 7:3 hisobida yengib, bosh sovrin – kubokni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa“Namangan TV” jamoasini 9:6 hisobida taslim etgan blogerlardan iborat “Infinitiy” jamoasi ham sovrindorlar safidan joy egalladi.
“Media liga” turnirining g‘olib-sovrindorjamoalari va faol ishtirokchilar Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.


Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.