Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalist va blogerlar Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
12:10 / 2025-11-06

Mudofaa vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, harbiy ta’limni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatan takomillashib bormoqda.

Mazkur jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosi sanaladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan jurnalist hamda faol blogerlar o‘quv-moddiy baza va auditoriyalarda bo‘lib, zamonaviy, laboratoriyalar, ilg‘or asbob-uskunalar va kompyuter texnikalari bilan tanishdi.  

[gallery-26099]

Shuningdek, 100 o‘ringa mo‘ljallangan kutubxona, kursantlar oshxonasi, yopiq suv havzasi, sport zallari hamda madaniy hordiq maskanlarida yaratilgan sharoitlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida jurnalist va blogerlar o‘rtasida AK-74, PM-9 qurollaridan otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.  

Shu kuni tadbir dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari xodimlari “Rahbar va jurnalistlar” shiori ostidagi uchrashuvda ishtirok etdi.  

Unda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining o‘rinbosari, general-mayor Farhodjon Shermatov mehmonlarning turli sohalarga oid savollariga atroflicha javob berdi.  

Muloqot chog‘ida universitetda olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv dasturlari, kursantlarning ijtimoiy hayoti va harbiy-pedagogik faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Ta’kidlash lozimki, universitetning asosiy vazifasi harbiy bo‘linmani boshqara oladigan, sadoqatli, yuksak intellektual salohiyat va tafakkurga ega bo‘lgan komandirlar, murakkab taktik vaziyatlarda tezkor va nostandart qaror qabul qila oladigan, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, keng dunyoqarashli, o‘z Vatani va Qurolli Kuchlariga sodiq ofitser kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Ochiq muloqot ishtirokchilari, jurnalist va blogerlar bunga, ya’ni ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kursantlar bilan o‘zaro suhbat orqali yana bir bor amin bo‘ldilar.

Abdulaziz RUSTAMOV,

Nosirjon HAYDAROV (surat),

O‘zA