Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalist ayollar faolligi yanada oshadi
18:10 / 2022-02-11

Andijonda joriy - «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy, kasbiy va ijodiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlarida faoliyat yuritayotgan hamda soha faxriysi bo‘lgan jurnalist ayollar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalar, jurnalist ayollarning kasbiy va ijodiy faolligini oshirish, ya’ni jamiyatdagi jarayonlarni tezkor, adolatli yoritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi raisi Maxpuraxon Ortiqova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Matbuot sohasida ish olib borayotgan opa-sinillarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z ijodiy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishlariga ko‘maklashish, faolligini yanada oshirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

[gallery-5731]

Tadbir ishtirokchilari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami va samaradorligini oshirish, ilg‘or ish uslublarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi qoshida faoliyat olib boruvchi «Jurnalist ayollar» ijodiy kengashi tarkibi saylandi va kengashning yillik ish rejasi ishlab chiqildi.

Tadbirda andijonlik jurnalist ayollar o‘zlarining ijodiy faoliyati bo‘yicha joriy yilda amalga oshiriladigan muhim vazifalarni belgilab oldi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat),
O‘zA