Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jura Baba: O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi istiqbollarni ochadi (+video)
19:36 / 2025-12-19

Shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo+Yaponiya” sammitida qatnashish uchun rasmiy tashrif bilan Tokio shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Yaponiyaning “Mitsubishi” korporatsiyasi vitse-prezidenti Jura Baba mazkur uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Yurtingizning go‘zalligi va yanada rivojlanayotgani menda katta taassurot qoldirdi, - dedi u. – Tokiodagi muloqotlar Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda katta imkoniyat, deb hisoblayman. Bu o‘z navbatida, yapon kompaniyalari uchun o‘lkangizga investitsiya kiritish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ky8dQmXO9ro" title="Jura Baba: O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi istiqbollarni ochadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dilshod Hakimov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA