“Yong‘in o‘chirish yenglarining quritish qurilmasini takomillashtirish” mavzusida
Jumaniyazov Maxmud Omirzakovichning “Yong‘in o‘chirish yenglarining quritish qurilmasini takomillashtirish” mavzusidagi 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.19/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashining 2026-yil 26-yanvar kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, 100102, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi-57. O‘quv binosi, 214-xona.
Tel.: (+99871) 258-35-33, faks: (+99875) 258-56-57.
e-mail: info@akademiyafvv.uz