Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jumadan jumagacha
18:18 / 2023-04-07

Tramp “ishi”...

Nyu-York sudi AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampga 34 banddan iborat ayblov e’lon qildi. Bu Amerika uchun misli ko‘rilmagan voqea – mamlakat tarixida birinchi marta sobiq davlat rahbari jinoyatda ayblandi. Buning ustiga Trampning keyingi yil prezidentlik saylovida qatnashish niyati bor.

Сuд впервые предъявiт uголовное обвiненiе экс-презiдентu США — EADaily —  Donald Tramp. Tramp новosti. Tramp. Новosti. Donald Tramp новosti. Tramp  новosti сегодня. Новosti сегодня. Новosti дня.

Amerika siyosatida hokimiyat uchun kurashayotgan raqibga nisbatan yozilmagan sud yoki prokuratura orqali bosim o‘tkazmaslik qoidasi bor edi... 

Trampga qarshi “ish” qo‘zg‘agan Manxettenning amaldagi prokurori Elvin Bregg 2021 yil lavozimga kelgan zahoti sobiq Prezidentni sudga olib chiqish va’dasini bergan edi. U erinmay, bir necha “ish” ochishga muvaffaq bo‘ldi, aksariyat holatlarda Tramp jarima to‘lash bilan qutuldi.

Nihoyat Bregg sobiq davlat rahbarining o‘ziga ayb qo‘yish yo‘lini topdi, ammo bu ayblov ko‘p savol keltirib chiqaryapti.

Bosh ayblov – Trampning behayo tasvirlari mavjud filmlarda suratga tushadigan aktrisa Stormi Denielsga 130 ming dollar pul to‘lagani. Sobiq Prezident 2016 yil o‘sha ayolni “rozi” qilib, o‘zaro munosabat “unutilishi”ga kelishgan.

Prokuratura bu oldi-berdi bilan bog‘liq soliq hisoboti noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, deyapti.

Nyu-York qonuniga ko‘ra, fuqaroni bunday band bilan jinoyatchiga aylantirib bo‘lmaydi. Holat jarimaga tortadi, xolos. Qolaversa, prokuror bu “jinoyat”ning muddati ikki yil burun o‘tib ketganiga e’tibor qilishni istamayapti.

Prokuror sudda pul to‘langanini isbotlab, shu orqali 2016 yil Prezidentlikka yo‘l ochilganini isbotlamoqchi.

2018 yil federal prokurorlar Trampga nisbatan aynan mazkur “ish” uchun ayblov chiqarishdan voz kechgan edi.

Ekspertlar “Agar sobiq Prezident o‘rnida boshqa odam bo‘lganda, prokuror bu ishga unnab ham o‘tirmasdi, deyishyapti. Aksariyat amerikaliklar buni “siyosiy ta’qib” atashyapti.

Tahlilchilar Manxetten prokurori Jorj Soros bilan yaqin aloqasidaligiga ishora qilishadi. Farazli dalillar Breeg hozirgi lavozimi uchun yarim million dollar berganini ko‘rsatmoqda.

Prokurorning haqiqiy jinoyatchilar bilan kurashish ishtiyoqi yo‘qdek. Axir, megapolisda so‘nggi yillari jinoyatchilik keskin ko‘paygan, birgina odam joniga qasd qilish 40 foiz oshgan, deya bong urdi matbuot.

Bu “qora ishlar”ning bari Trampni navbatdagi saylovga yaqinlashtirmaslik ilinjida amalga oshirilayotgani aniq, deb tusmollaydi ekspertlar.

Nyu-Yorkdagisi Trampga ochilgan oxirgi  “ish” emas, uning shaxsiga daxldor yana ikkita federal miqyosdagi tergov davom etyapti.

Birinchisi uning qarorgohida topilgan maxfiy hujjatlar to‘g‘risida, keyingisi 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyada norozilik uyushtirilishi bilan bog‘liq.

Har ikki amalni Xalqaro jinoyat sudida Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatni ochgan gaagalik maxsus ishlar bo‘yicha prokuror Jek Smit olib bormoqda. Bu jarayonning maqomi aktrisa “ishi”dan ancha yuksak.

Yil oxiri yoki kelasi yil boshida o‘tadigan navbatdagi sud jarayonida jinoyat alomatini aniqlash mutaxassislardan kuchli malaka, anchagina dalil talab qiladi. Hukm noyabr saylovidan oldin yoki keyin ham chiqishi mumkin.

Mabodo Tramp saylovda g‘olib chiqsa, uning birinchi farmoni o‘zini oqlash bo‘ladi...

Qo‘shma Shtatlar tarixida hali biror sobiq Prezidentga nisbatan bunday sud ishi bilan tahdid qilinmagan. Saylovdagi g‘alaba Tramp uchun shuhratparastlikdan tashqari, o‘z erkinligi va xavfsizligi uchun ham juda zarur.

Demokratlar Tramp javobgarlikka tortilishini istaydilar, biroq bu kelajakda butun Amerika uchun jiddiy oqibatga olib kelishi haqida o‘ylashmayapti, deydi tahlilchilar. Siyosiy beqarorlikning xuni ancha og‘ir bo‘ladi...

Ayrim davlatlarda sud tomonidan taniqli siyosatchilar jazolanishi tajribasi bor. Braziliyaning yangi prezidenti Lula da Silva jazoni o‘tab chiqqan, navbat uning raqibi Jair Bolsonaruga yetib kelgan...

Isroilda Binyamin Netanyaxu bilan bog‘liq sud haligacha osilib turibdi...

Finlandiya NATOga qo‘shildi. Shvetsiya-chi?..

Finляндiя во вторнiк встuпiт в NATO

Finlandiya Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi bilan NATOning Rossiya bilan umumiy chegarasi ikki barobar oshib, ikki ming 600 kilometrni tashkil qildi. Bu chiziq Barensev dengizidan boshlanib, shimolda Fin qo‘ltig‘igacha yetdi, janub sarhadi esa o‘rmonga tutash, aholi yashaydigan yirik hudud yo‘q. Ya’ni, xavfsizlik ta’minlanmagan, hisob.

Fin armiyasi, NATO bahosiga ko‘ra, endi chegarasini o‘zi mustaqil himoya qilishi mumkin.

Finlandiya yigitlarning harbiy majburiyatini hech qachon bekor qilmagan – 24 ming askar xizmatda, 900 mingdan ziyod kuch zaxirada.

Besh yarim millionlik aholi uchun bu armiyani katta va kuchli, deyish mumkin. Taqqoslaymiz: 82 millionli Germaniyada majburiy xizmat yo‘q, ammo 183 ming harbiy xizmatchi va 30 minglik zaxira bor.

“Ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, Finlandiya “sovuq urush”dan buyon armiyani moliyalashtirishni qisqartirmagan”, deb maqtab qo‘ygan edi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“Finlandiyaga barcha a’zo-davlatlardan xavfsizlik kafolati beriladi, bu davlat NATOni yanada kuchli qiladi”, deydi u.

Odatda, bu yurt aholisining kayfiyati qarshilik ko‘rsatish va mudofaaga yuqori darajada tayyor. 1939-1940 yillarda sobiq ittifoq bilan qish-qirovli kunda jang qilgan, tajriba bor. O‘shanda Finlandiya hududining 10 foizini sovetlarga boy bergan edi...

Fin Qurolli kuchlari NATO darajasiga to‘liq mos keladi, har qanday holatga bemalol kirishib ketadi, deb hisoblashadi Alyans qarorgohi mutaxassislari.

Endi Moskva “shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda o‘z xavfsizligini kuchaytiradi”, deya bayonot berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko.

Yuzaga kelgan ayrim xavotirlarni tarqatish uchun rasmiy Xelsinki 2 apreldagi parlament saylovi Finlandiyaning NATOga munosabatini o‘zgartirmaydi, deb xabar tarqatdi. “Bu masalada mamlakatda siyosiy kelishuv mavjud”, deyildi.

Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi alyansning 74 yillik tarixida ilk bor juda tez sodir bo‘ldi, o‘n oyga yetar-yetmas hal etildi. Ariza Shvetsiya bilan birga o‘tgan yil may oyida berilgan edi. 

Stoltenberg yaqin orada Shvetsiya ham NATOga kirishini ishonch bilan aytdi. U Turkiya yetakchisidan Shvetsiyaga qo‘yilgan talablarini yumshatishni so‘radi. Anqara esa terrorchilar, deb bilgan kurd jangarilarini qaytarib olish niyatidan qaytmayapti.

Ekspertlar fikricha, Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi xavfsizlik siyosati nuqtai nazaridan ham, harbiy jihatdan ham tashkilot uchun ancha samarali. Bu Rossiyaning Boltiq dengizidagi harakatini og‘irlashtiradi.

Shvetsiyada beshta zamonaviy suv osti kemasi bo‘lib, Polsha va Germaniya floti bilan birga harakatlanish imkoniga ega.

Prezident Bayden “Ukraina ziddiyatini boshlagan Rossiyaning hisob-kitobi to‘g‘ri chiqmagan”i to‘g‘risida ko‘p va xo‘b gapirdi. U fevralda Varshavada Moskva Finlandiya NATOga qo‘shilishiga keskin qarshilik ko‘rsatgan edi, qo‘lidan hech narsa kelmadi, degandi. Qaytaga G‘arbiy himoya alyansi kuchaydi.

Xaritaga nazar tashlansa, Finlandiya Rossiyaning ikkinchi eng yirik va strategik muhim hududi – Sankt-Peterburgga juda yaqin ekanini ko‘rish mumkin.

Avval Estoniya Piterdan janubi-g‘arbda joylashgan NATOning yagona a’zo-davlati edi. Qo‘shnilardan tahdid kuchaygandek...

Rossiyaning yangi konsepsiyasi...

31 mart kuni Putin Rossiyaning yangi Tashqi siyosiy konsepsiyasini tasdiqladi. Zamonaviy Rossiya tarixida besh marta – 1993, 2000, 2008, 2013 va 2016 yillarda shunday hujjat qabul qilingan. Dastlabki uchtasida zamon o‘zgarishi hisobga olinishi bilan birga, e’tibor milliy xavfsizlik masalasidan ko‘ra, ko‘proq xalqaro xavfsizlikka qaratilgan edi.

Agar 2000-yillarda eng muhim tahdid “AQSH boshchiligidagi bir qutbli tizim” deyilgan. 2013 yildagi Konsepsiya tahririda sivilizatsiyaning o‘ziga xoslik omili ahamiyati ortishi fonida G‘arb davlatlarining jahonda ham siyosat, ham iqtisodiyot borasida hukmronlik qilish imkoni qisqargani kuzatilgani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Yangi hujjatda “hozirgi harbiy holat va keng miqyosli kuchli qarama-qarshilik” e’tiborga olingan, deya xulosa chiqaradi ekspertlar.

“Rossiya o‘zini G‘arbning dushmani, deb hisoblamaydi va o‘zini G‘arbdan ajratib qo‘ymaydi” “Rossiyaning G‘arbga nisbatan dushmanlik niyati yo‘q”, deb ta’kidlanadi.

Bu bilan Moskva G‘arbning Rossiya bilan qarama-qarshilik befoyda ekanini anglab, o‘zaro hurmat siyosatiga qaytishiga umid qiladi.

Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida beshinchi “Mintaqaviy yo‘nalishlar” bandida gap boradi. Birinchi qismda yaqin xorijiy davlatlar, keyingisida Xitoy va Hindiston, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va boshqa mintaqalarga to‘xtaladi.

“AQSH va anglosakson davlatlar” bo‘limi “Antarktika” qismida belgilab  qo‘yilgan.

Qo‘shma Shtatlar tomonidan “Rossiya Federatsiyasi, xalqaro dunyo xavfsizligi uchun katta xavf” manbasi, deb ko‘riladi. Shu bilan birga ikki davlatning yadro maqomini e’tiborga olib, Rossiya “AQSH bilan strategik tenglikni saqlash, tinch-totuv yashash va manfaatlar muvozanatini o‘rnatishdan manfaatdor” ekani ta’kidlanadi.

Bu holatda tinch-totuv yashash istiqboli Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga va do‘stona yo‘ldan voz kechish-kechmasligiga bog‘liq ekani ishora qilinadi.

Yangilangan konsepsiyada Rossiya, ma’lum darajada, Sharqqa, Osiyo mintaqasiga e’tibor qaratgani kuzatiladi. Umuman, adolat va hamjihatlik tamoyili asosida keng Yevroosiyo makonini yaratish haqida gap boradi. 

Rossiyani “jahon taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi markaz”, deb baholagan Afrika va Lotin Amerikasi bilan hamkorlikni rivojlantirish ham maqsad qilingan.

Islom dunyosi bilan keng hamkorlik haqida gapirilmaydi. Faqat Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo Eron, Suriya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr tilga olinadi, “bu davlatlarning suveren va konstruktiv darajasi hisobga olinib, Rossiyaga munosabatidan kelib chiqqani” aytiladi.

Tahlilchilar Moskva va Dehli munosabatiga “ayniqsa, imtiyozli strategik sheriklik”, deb qaralgani, Rossiya bundan buyon ham bu hamkorlikni rivojlantirishdan manfatdor ekani qayd etilganiga diqqat qilishdi.

Rossiya – Xitoy yangi ruhdagi munosabati ham hujjatda aks etgan. Ikki davlat iqtisodiy yo‘nalish bilan bir qatorda harbiy-siyosiy hamkorlikka ham intilishi qayd etiladi.

“Yevropa – G‘arbiy Xitoy” transport va “Rossiya – Mo‘g‘uliston – Xitoy” iqtisodiy yo‘laklari loyihalarini kengaytirish zarurligi eslatib o‘tiladi. 

Hozircha bularning bari reja. Ekspertlar qayd etganidek, Moskva Pekinning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida faol emas. 2014 yil kelishilgan “Moskva – Pekin” tez yurar temir yo‘li qurilishida ham siljish yo‘q. Samarali hamkorlik uchun “qars ikki qo‘ldan chiqishi” kerak. Vaqt – oliy hakam...

Buguncha shu.

Kelasi jumada xabarlashguncha!

Abror G‘ulomov, O‘zA siyosiy sharhlovchisi