Julia Kollinz: Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor
AQSH poytaxtida Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonga keng qamrovli sarmoya kiritish hamda mintaqa strategik taraqqiyotiga hissa qo‘shish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Amerikaning mashhur “Truss” kompaniyasi hammuassisi Julia Kollinz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan uchrashuvda “Black Rock” va “John Deere” kabi yirik korporatsiyalar yetakchilari ham hozir bo‘lgan”. Muzokarada “Truss” nomidan Kollinzdan tashqari mazkur kompaniya hammuassisi Qodir Fuzaylov ham qatnashgan.
Samarali muloqot yakunlarini sarhisob qilarkan, J.Kollinz xodimlarni yollash, jarayonni soddalashtirish va madaniy aloqalar o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi korxonasi hozir Markaziy Osiyoda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga intilayotganini tasdiqlagan va kelgusi hamkorlikdan manfaatdorligini e’tirof etgan.
A.Xidirov, O‘zA