Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jud Bellingem dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari reytingini e’lon qildi
14:53 / 2026-01-01

Nufuzli “Transfermarkt” internet-portali o‘tgan yilni transfer narxi eng qimmat holda yakunlagan yarim himoyachilar reytingini tuzdi. Manba talqiniga ko‘ra, ushbu jadvalda Madridning «Real» klubi hamda Angliya terma jamoasi a’zosi Jud Bellingem bo‘ldi.

Ayni damda 22 yoshli Jud Bellingemning transfer qiymati 160 million yevroga baholanmoqda. Reytingda ikkinchi o‘rinni «Barselona» jamoasida to‘p surayotgan 23 yoshli ispaniyalik Pedri 140 million yevro bilan egalladi. Eng qimmat yarim himoyachilar uchligini Myunxenning «Bavariya» klubi va Germani terma jamoasi a’zosi 22 yoshli Jamal Musiala 130 million yevro baholangan holda yakunlab bermoqda.

Quyida dunyoning eng qimmat 10 ta yarim himoyachilari reytingi bilan tanishasiz:

1. Jud Bellingem (Angliya) — «Real Madrid» 160 mln. yevro;

2. Pedri (Ispaniya) — «Barselona» 140 mln. yevro;

3. Jamal Musiala (Germaniya) — «Bavariya» 130 mln. yevro;

4. Koul Palmer (Angliya) — «Chelsi» 120 mln. yevro;

5. Federiko Valverde (Urugvay) — «Real Madrid» 120 mln. yevro;

6. Deklan Rays (Angliya) — «Arsenal» 120 mln. yevro;

7. Moyses Kaysedo (Ekvador) — «Chelsi» 110 mln. yevro;

8. Joau Nevesh (Portugaliya) — «Pari Sen-Jermen» 110 mln. yevro;

9. Florian Virs (Germaniya) — «Liverpul» 110 mln. yevro;

10. Vitinya (Portugaliya) — «Pari Sen-Jermen» 110 mln. yevro.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA