Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JST Bosh direktori JIDUning faxriy doktori bo'ldi (+video)
14:21 / 2024-06-05

Mamlakatimizda izchil islohotlar tobora jadallashmoqda. Bu jarayonda JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish Yangi O‘zbekiston uchun taraqqiyot bosqichida o‘ziga xos zinapoya vazifasini o‘tashi muqarrarligi ham tobora ayonlashmoqda.

Oxirgi yetti yilda yalpi ichki mahsulot miqdori bir yarim martadan ortiq ko‘paydi. 2030 yilga qadar bu ko‘rsatkichni yana 2 barobar oshirish bosh maqsadimizga aylangan. Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo‘lidagi yana bir ustuvor vazifa esa tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish hisoblanadi.

Mazkur tashkilot rahbarining yurtimizga tashrifi doirasida bugun poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yetakchi iqtisodchi olimlar, siyosiy ekspertlar, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning jahon savdo tizimiga integratsiyalashuvi jarayonida JIDU “Jahon savdo tashkiloti kafedrasi” loyihalarini e’tirof etish joiz.

Suhbat davomida Okonjo-Iveala xonim muayyan mamlakatning samarali tashqi savdo siyosatini shakllantirishda ilm-fan vakillari hissasi beqiyosligini aytib, mintaqaviy hamkorlik masalasini tadqiq qilish, kadrlar salohiyatni oshirish, shuningdek, hozirgi zamon savdo munosabatida yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida JIDU hamda davlat idoralari va JST kafedralari tarmog‘i o‘rtasida qo‘shma tadqiqot loyihalarini rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda JIDU talabalari JST Bosh direktori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida JSTning mintaqamizda yagona bo‘lgan “JST kafedrasi” loyihasini JIDUda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda universitetning soha bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot markaziga aylanish imkoniyati tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ilmiy-amaliy hissasi e’tiborga olinib, Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim JIDU “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SHVqpva4j_4" title="JST Bosh direktori JIDUning faxriy doktoriga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2023 yil 19 sentyabrda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilgan. Uchrashuvda JST rahbari O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zolik yo‘lida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. JST kotibiyati sa’y-harakatlarimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan va mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgan edi.

O‘.Alimov,

N.Abduvoitov (video), O‘zA