JSST yil oxiriga qadar dunyo aholisining 30 foizini koronavirusga qarshi emlashga chaqirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2021 yil oxiriga qadar dunyo aholisining kamida 30 foizini "COVID-19" ga qarshi emlashga chaqirdi.
Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Adxanov Gebreyesus Sankt-Peterburgdagi “Infeksiyalarga qarshi kurash: kelajak xatarlari” doirasida o‘tkazilgan xalqaro iqtisodiy forumida xabar berdi.
“COVID-19" ga qarshi vaksinaning yetishmasligi kelajak uchun xavfli. Men barcha mamlakatlarni global emlash harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Shifokorlar va virusga chalingan bemorlar birinchi navbatda vaksina olishi kerak”, – dedi u.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, sentyabrgacha dunyo aholisining 10 foizi, yil oxirigacha esa 30 foizi koronavirusga qarshi emlanishi kerak.